U Instagram orqali o`z muxlislariga xuddi shunday murojaat bilan chiqdi.
Kanadalik mashhur qo`shiqchi Jastin Biber jamoatchilikni hayratga solishdan charchamaydi. Hali yoshi undan kattaroq shou-biznes vakillari bilan janjalllashsa, hali Selena Gomes bilan munosabatlarini oshkor qiladi.
Bu safar 20 yoshli xonanda ijtimoiy tarmoq orqali tagiga topishmoqqa o`xshash so`zlar yozilgan fotoni joylashtirdi: “Menda kareramni yakunlashga arziydigan sabablarim bor. Bu haqida tez orada bilib olasiz. Hammangizga rahmat!”.
Muxlislar uning bu so`zlariga darhol javob qaytarishdi, biroq xonandaning o`zi hozircha jim.





