Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to`g`risida hukumat qarori qabul qilindi.
2019 yil 3 oktyabr kuni Vazirlar Mahkamasining «Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish to`g`risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.
Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
Filialda quyidagi bakalavr yo`nalishlari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi:
Zooinjeneriya;
Veterinariya medisinasi;
Veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
Veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.
Filialda o`quv jarayoni 2020/2021 o`quv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o`tamiz, filial prezidentning 2019 yil 28 martdagi qaroriga asosan tashkil etilgan.






