Gaz ta`minoti xizmatlari sifatini oshirish bo`yicha taklif va shikoyatlar, ishlab chiqarish jarayonini mukammalashtirish va ta`minotchi korxona hamda mijoz o`rtasidagi aloqalarni yaxshilash, qonunbuzarlik holatlari aniqlanganda tezkorlik bilan murojaat qilish uchun bugungi kunda “Hududgazta`minot” AJ qoshida 1104 va 99871 200-08-04 ishonch telefonlari ishlamoqda.
“Hududgazta`minot”AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, 2019 yilning 1 avgust kunidan boshlab “Hududgazta`minot” AJ koll-markaziga jismoniy va yuridik shaxslardan 443 ta murojaat kelib tushgan. Bugungi kungacha 340 dan ortiq murojaat ko`rib chiqilgan bo`lib, shulardan 278 tasi ijobiy hal etildi. 60 ta murojaat bo`yicha tushuntirish ishlari olib birilgan bo`lsa, 102 ta murojaat yuzasidan o`rganish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida “Gaz ta`minoti muammolari va ularni hal etish yo`llari” guruhining ish boshlashi aholi bilan o`zaro muloqot samarodorligini yanada oshirdi. Mazkur guruhga quyidagi havola orqali a`zo bo`lish va gaz ta`minoti sohasidagi o`zingizni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarni qoldirish mumkin.https://www.facebook.com/pg/Hududgaztaminot/groups/?ref=page_internal
Aholi istak va hohishlarini qabul qilish, ularning gaz ta`minotidagi muammolarini tezkorlik bilan hal etish, mijozlar bilan o`zaro ishonchli aloqalarni o`rnatish maqsadida joylardagi “Hududgazta`minot” AJ ijro apparatlarida mahsus koll-markazlari tashkil etilmoqda. Aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga ochiqlik va shaffoflikni ta`minlsh maqsadida zamonaviy texnikalar joriy etiladi.






