AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik arxitektor qiz xalqaro tanlovda 2-o`rinni egalladi

'O`zbekistonlik arxitektor qiz xalqaro tanlovda 2-o`rinni egalladi'ning rasmi

3-5 oktyabr kunlari Koreya Respublikasi Pyonchang shahrida «World Culture Open» xalqaro tashkiloti tomonidan «Better Together Challenge 2019» festivali o`tkazildi.

Festivalda ishtirok etish uchun nafaqat arxitektor va dizaynerlar, balki ijtimoiy innovatorlar, tinchlikparvarlar va boshqalar taklif etilgan.

O`zbekistonlik iqtidorli arxitektorlardan biri Taxmina Turdialieva Koreya yarimoroliga bag`ishlangan «Garden of Unification» birlashish bog`ini yaratishni ko`zda tutuvchi «Tinchlik va barqarorlik shahri»ning g`oyaviy dizaynini taqdim etgan holda festivalda 2-o`rinni egalladi, deya xabar beradi “Xabar.uz”. Ushbu birlashuv bog`i ekologik tadqiqotlar laboratoriyasini, ichki xotirjamlik va meditasiya mashqlari uchun moslashgan maydonchalarni o`z ichiga oladi.

«Better Together» — butun  dunyodagi ijtimoiy innovatorlarni, ijodkorlarni, faollarni va idealistlarni ilhomlantiruvchi, fikr almashish uchun birlashtiruvchi global festivaldir. Festivalga 60 mamlakatdan 500 qatnashchi tashrif buyurdi.

Bu yilgi festival Janubiy Koreyadagi 2018 yilgi Olimpiya shaharchasini «Tinchlik va barqarorlik shahri»ga aylantirish bo`yicha g`oyalar tanloviga bag`ishlandi.

 

    Boshqa yangiliklar