AsosiyJamiyat

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi

'Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi aholisiga narkologik yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi...

Qaror bilan Respublika narkologiya markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi. 

 

Narkologik kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo`yish va ularni davolashni tashkil etish tizimini takomillashtirish, narkologiya xizmati muassasalarining faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

 

Qarorga ko`ra, jamoat joylarida mast holatda bo`lgan shaxslar, agar ularga tibbiy yordam ko`rsatish zarur bo`lgan holatlarda (alkogoldan og`ir zaharlanish holatlari bundan mustasno),  Qoraqalpog`iston Respublikasi Respublika narkologiya dispanseri, viloyatlar va Toshkent shahar narkologiya dispanserlari huzuridagi tibbiy yordam ko`rsatish punktlariga olib kelinishi kerak.

 

Qaror bilan 2019–2022 yillarda O`zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

 

Dasturga muvofiq, jami 710 o`rinli 8 ta ob`ekt qurilishi, 300 o`rinli 3 ta ob`ekt rekonstruksiya qilinishi hamda 312 o`rinli 3 ta ob`ekt kapital ta`mirlanishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar