15–16 oktyabr kunlari O`zbekiston Kurolli Kuchlari akademiyasida “Hozirgi zamon harbiy mojarolari: mazmuni va xulosalari”mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi.
Kurolli Kuchlari akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalarining Koordinatori ko`magida tashkil etilayotgan konferensiyada harbiy mojarolarni hal qilishning zamonaviy usullari va yondashuvlari buyicha milliy va xalqaro tajribalarni umumlashtirish, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish hamda harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Mazkur konferensiya harbiy mojarolarning paydo bo`lish tabiati, ularni bartaraf qilishning samarali choralari, cheklash va eskolasiyaga yo`l qo`ymaslik masalalari bo`yicha tajriba va axborot almashish uchun keng diskussiya maydonini yaratish, hozirgi zamon harbiy mojarolarida, harbiy san`at rivojlanishidagi yangi tendensiyalarga yagona qarashlar va yondashuvlarni yaratish maqsadida o`tkazilmoqda.
Konferensiyada O`zbekistondagi EXHT, BMT vakillari va ekspertlari, YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro Qizil xoch qo`mitasining mintaqaviy delegasiyasi, MDH, ShHT MATT, NATO, Djordj Marshall nomidagi Xavfsizlik masalalarini o`rganish Evropa markazi, AQSh Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy OsiyoStrategik tadqiqotlar markazi, Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog`iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg`iziston oliy harbiy ta`lim muassasalari vakillari qatnashadi.
Konferensiya bitta yalpi majlis, 4-mavzuviy seksiyalarda ish olib borish va xulosa chikarish uchun yakuniy majlisni o`z ichiga oladi.
Konferensiyada ishtirok etish uchun to`ldirilgan talabnoma va ma`ruzani elektron manziliga jo`natish zarur, e-mail: akaduz@umail.ru yoki akaduz@yandex.ru
Konferensiya ishtirokchilarini ro`yxatga olish 2019 yil 15 oktyabr
8:30 dan 09:00 gacha Qurolli Kuchlar akademiyasining katta majlislar zalining foyesida o`tkaziladi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






