AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Turkiya inson huquqlari bo`yicha milliy institutlari o`rtasida Memorandum imzolandi

'O`zbekiston va Turkiya inson huquqlari bo`yicha milliy institutlari o`rtasida Memorandum imzolandi'ning rasmi

Poytaxtimizda bo`lib o`tayotgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasining “Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yo`lida yoshlar huquqlarini rag`batlantirish va himoya qilishning ahamiyati” mavzusidagi oltinchi yillik seminari doirasida yana bir rasmiy marosim tashkil etildi.

Inson Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti raisi Suleyman Arslan ushbu ikki tashkilot o`rtasida hamkorlikni kuchaytirish to`g`risida Memorandum imzoladilar.

         Ma`lumot uchun: IHT Inson huquqlari bo`yicha mustaqil doimiy komissiyasining raisi, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.Saidov shu yil 29-30 aprel kunlari oilalar himoyasi huquqiga bag`ishlab Anqara shahrida tashkil etilgan simpoziumda ishtirok etgandi. Tomonlar o`shanda Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Turkiya Inson huquqlari va tenglik instituti o`rtasida hamkorlikni kengaytirish to`g`risida kelishib olgan edi.

    Boshqa yangiliklar