O`zbekiston yoshlar ittifoqi 27 senyatbr — 5 oktyabr kunlari “Fikringizcha, nima uchun o`zbekistonliklar xorijiy OTMlarga o`qishga kirishga intilmoqda?” degan so`rovnoma o`tkazgan edi. Tashkilot so`rovnomaga qatnashgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirgan holda natijalarni e`lon qildi. Fikrlar esa foiz ko`rsatkichiga ko`ra qo`yidagicha:
- 21% xorijiy OTMlarga o`qishga kirishning osonligi
- 20% xorijiy OTMlarda ta`lim sifatining yuqoriligi
- 13% mahalliy OTMlarda ta`lim sifatining pastligi, tayyorlangan kadrlarning raqobatbardosh emasligi
- 11% xorijiy mamlakatlarda o`qish bilan birga ishlash imkoniyatining mavjudligi
- 10% mahalliy OTMlarda korrupsiya va ta`magirlik holatlarining keng tarqalganligi
- 5% xorijiy OTMlarni tugatib, xorijda ishlash imkoniyati
- 5% mahalliy OTMlarda qabul kvotasining chegaralanganligi
- 5% xorijiy OTMlar orqali o`sha erda doimiy yashab qolish istagi
- 5% xorijiy OTMlarda o`qishning arzonligi
- 4% mahalliy OTMlarga o`qishga kirishda adolat tamoyilining buzilishi






