AsosiyJamiyat

Diqqat, tanlov!

'Diqqat, tanlov!'ning rasmi

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” eng yaxshi videoroliklar tanlovi o`tkazilayotgani haqida e`lon qiladi.  13-15 noyabr kunlari poytaxtda bo`lib o`tadigan “XXV Toshkent xalqaro sayyohlik ko`rgazmasi” doirasida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi bilan birgalikda “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” mavzusidagi eng yaxshi videoroliklar tanlovi g`oliblarini taqdirlaydi. 

 Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari va mustaqil ijodkorlar quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ishtirok etishlari mumkin: 

 1. «O`zbekiston gastronomik turizmi» – 15 mln. so`m;

 2. «O`zbekiston ekologik turizmi» – 15 mln. so`m;

 3. «O`zbekiston MICE turizmi» – 15 mln. so`m;

 4. «O`zbekiston ziyorat turizmi» – 15 mln. so`m; 

5. «O`zbekiston tibbiyot turizmi» – 15 mln. so`m; 

6. «O`zbekiston etnoturizmi» – 15 mln. so`m; 

7. «O`zbekiston agroturizmi» – 15 mln. so`m; 

8. «Jamiyatdagi xatti-harakatlar madaniyati» – 15 mln. so`m; 

9. «O`zbekiston hududlarining umumiyligi» – 15 mln. so`m; 

10. «O`zbekistonda xavfsizlik» – 15 mln. so`m;  

Grand-pri sohibiga bosh sovrin - “Spark” avtomobili beriladi.  Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar o`zlarining ijodiy ishlarni DVD-diskda HD formatda,  ishtirokchilarning pasport nusxasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-noyabriga qadar tashkiliy qo`mitaga taqdim etishlari lozim.  Hujjatlarni 700000 (indeks), Toshkent shahri,  Hamid Olimjon maydoni,  “Poytaxt” biznes kompleksi,  G`arbiy tomon 4-yo`lak,  2-qavatga “O`zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda yoki shaxsan olib kelib berilishi lozim.  Qo`shimcha ma`lumotlarni (71) 237-28-33, (95)1932102 telefon raqamlaridan bilib olishingiz mumkin. Tanlov shartlari va tanlovda ishtirok etish uchun anketani shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.    

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati 

    Boshqa yangiliklar