Standart va me`yorlar mahsulot sifatini belgilovchi muhim mezon hisoblanadi. Xalqaro me`yorlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardoshligi ta`minlanadi.
“O`zstandart” agentligi o`z faoliyatida standartlarni qabul qilish va ularni xalqaro me`yorlar bilan uyg`unlashtirishga e`tibor qaratmoqda. Agar raqamlar tili bilan qiyoslanganda 2017 yilda 492 ta xalqaro standartlarni qabul qilish belgilangan bo`lsa, amalda 644 ta xalqaro standartlar qabul qilingan.
2018 yilda 509 ta xalqaro standartlarni qabul qilish rejalashtirilgan bo`lsa, amalda bu ko`rsatgich 519 ta ni tashkil qilgan.
Joriy yilning o`tgan davri mobaynida 1255 ta standart qabul qilinib, shundan 1208 tasi ya`ni (96,2%) xalqaro talablar bilan uyg`unlashtirilgan holda qabul qilindi, deya xabar beradi "O`zstandart" agentligi axborot xizmati.






