“ML” MChJ rahbari Bosh prokuratura raxbariyati nomiga yozma ravishda murojaat qilib, kredit ajratishda amaliy yordam so`ragan.
Aniqlanishicha, muallif rahbarlik qilayotgan “ML” MChJ farmasevtika preparatlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida 1,5 mln. AQSh dollari miqdorda kredit olish uchun AT Xalq bankining Andijon viloyati filialiga qilgan murojaati taqdim etilgan hujjatlar bilan birga filialning kredit qo`mitasida ko`rib chiqilib, ijobiy qaror qabul qilingan.
O`rganish davomida, bank va jamiyat o`rtasida 36 oy muddatga, 12 oy imtiyozli davr bergan holda yillik 10 foiz to`lash sharti bilan qayd etilgan miqdorda kredit ajratish haqida shartnoma imzolangan.
Mazkur shartnoma asosida bank filiali tomonidan jamiyatni hisob raqamiga kredit mablag`lari o`tkazilishi ta`minlandi va muallifning murojaati qanoatlantirildi.






