AsosiyJamiyat

FHDYoda ro`yxatdan o`tmasdan o`qilgan Nikoh uchun jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin

'FHDYoda ro`yxatdan o`tmasdan o`qilgan Nikoh uchun jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda nikoh (nikoh to`yi)ni davlat idoralarida ro`yxatdan o`tmasdan amalga oshirganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi «Zarnews» nashri.

«Davlat idoralarida ro`yxatdan o`tmasdan o`qilgan nikoh uchun jinoiy jazo belgilanadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda respublikada tegishli ro`yxatga olish idoralari hujjatlarisiz nikoh o`qiyotgan imomlarga jinoiy jazo nazarda tutadigan qonunga tuzatishlar kiritilmoqda», - dedi Samarqand viloyati hokimining o`rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi rahbari Gavxar Alimova. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, joriy yilda respublikada shariat qonunlariga binoan yashaydigan 33 ming juftlik nikohni rasmiy ro`yxatdan o`tkazgan.

Samarqand viloyatida bu yil rasmiy ro`yxatdan o`tmasdan yashayotgan 2500 juftlik qayd etildi, ulardan 2300 nafarining nikohlari qonuniylashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar