Yil davomida davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan, vatanparvar yoshlar “O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ga munosib ko`riladi. Tanlov g`oliblarning har biri eng kam oylik ish haqining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti, statuetka hamda qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi.
Yil davomida amalga oshirgan mehnat va ijod mahsulingiz namunalarini 25-oktyabrgacha O`zbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shahar kengashlariga topshiringiz mumkin.
08.10.2019 12:28
“O`zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun arizalar qabul qilinmoqda






