Mirzo Ulug`bek tumani xalq ta`limi bo`limi ijtimoiy tarmoqlarda 120-sonli umumta`lim maktabi bilan bog`liq xabarlar bo`yicha quyidagi bayonot bilan chiqdi:
"Assalomu alaykum Hurmatli Saodat Abduzakirova va Aziz Ota onalar! Mirzo Ulug`bek tumanidagi 120-sonli umumta`lim maktabi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 dekabrdagi PQ- 4067-sonli qarori asosida ikki bosqichli mukammal ta`mirga tushirilgan. Jami ajratilgan mablag` 5 mlrd 300 mln so`m. 1-bosqichga 1 mlrd 980 mln so`m. 2- bosqichga 3 mlrd 320 mln so`m.
Hozirda dastur doirasida maktabda ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Siz ko`rayotgan Saodat Abduzakirova tomonidan yuborilgan rasmlar ta`mirlash uchun bo`shatilgan maktab binosi ko`rinishi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan ta`mirlash ishlari olib borilayotgan maktab binosida vaqtincha o`quv jarayonlari olib borilmaydi. Ta`mirlash jarayoni 2 bosqichda amalga oshirilishi belgilanganligi bois hozirda birinchi bosqich yakunlanib ikkinchi bosqich ishlari boshlangan ( rasmlar ilova qilinadi) Ta`mirlash ishlarining 1-bosqichi yuzasidan “B“ bloki to`liq ta`mirdan chiqarilgan. Ta`mirlash ishlari MChJ “KOMMUNAL SERVIS XOLDING“ korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Davlat tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobiga maktabning tom qismi 100% profnastil bilan yopildi. Maktabning elektr tizimi to`liq ta`mirlandi. Eski lampalar yangi LET hozirgi talablarga javob beruvchi lampalarga almashtirildi. Eski oyna romlar to`liq AKFA oyna romlariga almashtirildi. Eski eshiklar zamon talablariga javob beradigan MDF eshiklariga almashtirildi. Issiqlik tizimi va kanalizasiya tizimi ta`mirlandi. “B“blokning sinf xonalarida va koridor qismida pardozlash ishlari olib borildi. Sinf xonalarida va maktab koridor qismida pol qismi ta`mirlandi.
120- sonli umumta`lim maktabi o`quvchilari hozirda vaqtincha ushbu maktab bilan yonma-yon joylashgan 256-sonli umumta`lim maktab binosida 2-smenada o`qib kelmoqda.
120- sonli umumta`lim maktab quvvati 1568 nafar o`quvchi o`ringa mo`ljallangan bo`lib, hozirda maktabda 1130 nafar o`quvchi tahsil olmoqda. Natijada maktab quvvatiga nisbatan 0.7 koeffisientda faoliyat ko`rsatmoqda.
Xuddi shuningdek mazkur maktabdan taxminan 500-600 metr uzoqlikda joylashgan 211- sonli maktab quvvati 600 nafar o`quvchi o`rniga moslashgan bo`lib hozirda 1019 nafar o`quvchilar ta`lim olmoqda. Mazkur maktab 1.9 koeffisientda faoliyat ko`rsatmoqda.
Maktablarda o`quvchilar sonini quvvatiga nisbatan muvofiqlashtirish maqsadida 120-sonli umumta`lim maktabining foydalanilmasdan bo`sh turgan sinf xonalariga ota-onalari 211-sonli umumta`lim maktabida tahsil olish istagini bildirgan o`quvchilar uchun yangi sinflar tashkil etish maqsadida tarmoq maktab tashkil etilishi belgilangan. Bundan kutilayotgan natija shundan iboratki ta`lim - tarbiya jarayoni yaxshi tashkil etilgan 211-sonli umumta`lim maktabida farzandlarini o`qitish istagini bildirgan ota-onalar uchun qulaylik va o`qituvchilarni 1ta smenada dars o`tishlarini va shuningdek darsdan keyin o`quvchilar uchun to`garak va qo`shimcha mashg`ulotlar o`tishga sharoit yaratish.
Maktablarda ta`lim-tarbiya sifat darajasini yaxshilash maqsadida tuman xalq ta`limi bo`limi tasarrufida quvvatiga nisbatan o`quvchilar soni kam bo`lgan shuningdek ota-onalar tomonidan talabgorligi yuqori bo`lmagan maktablar faoliyati o`rganilib ularga metodik yordam ko`rsatilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan hozirda 120-sonli umumta`lim maktabda o`rganish jarayonlari olib borilmoqda. O`rganish jarayonlari davomida maktab rahbari o`z xohishiga ko`ra egallab turgan lavozimidan ozod etishlarini so`rab ariza bilan Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasiga 03.10.2019 y. murojaat etgan.
04.10.2019 y. soat 14:00da dars jarayonlari boshlanishi lozim bo`lgan vaqtda maktab pedagog jamoasi tomonidan 1130 nafar o`quvchi maktab hovlisidan binoga majburiy tarzda qo`yilmasdan va maktab “sobiq rahbari“ o`z vazifasiga qaytmas ekan o`qituvchilar tomonidan dars o`tishdan bosh tortilishi aytilib norozilik namoyishi sodir etilgan va o`z o`rnida mazkur holat yuzasidan ota-onalar tomonidan ko`plab e`tiroz bildirilgan. Shundan so`ng ota - onalarga barcha holat yuzasidan tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Maktabning sobiq rahbari Maktab pedagog jamoasi bilan 05.10.2019 y. uchrashib ularga o`z xohishi bilan ishdan bo`shatishlarini so`raganligi haqida ma`lumot bergan va o`quv jarayonlari o`rnatilgan tartibda tashkil etilib barcha salbiy holatlarga barham berilgan.
Maktab pedagog jamoasining ta`kidlashicha 05.10.2019 y Saodat Abduzakirova bo`lib o`tgan barcha holatlar yuzasidan ota-onalarga yana bir bor tushuntirish ishlarini olib borilishini bildirib ularni ta`mirlash ishlari olib borilayotgan 120-sonli maktabga hech qanday asossiz yig`ib, ota-onalar va pedagog jamoa nomidan noto`g`ri ma`lumotlar bilan tuman hokimligi va xalq ta`limi bo`limiga nisbatan norozilik namoyishini tashkil etishga undagan.
Saodat Abduzakirova tomonidan sodir etilgan mazkur namoyishni Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali ko`rgan 120-sonli umumta`lim maktab pedagog jamoasi bularning barchasi ular nomidan bildirilgan bo`hton ayblov ekanligi va bunday holatlar maktab va ota-onalar o`rtasida nosog`lom muhitni keltirib chiqarishi, oqibatda esa o`quvchilarga ta`lim - tarbiya berishda pedagoglarga salbiy ta`sir etishini ma`lum qilgan.
Saodat Abduzakirova tomonidan berilgan post (murojaat)ni o`qigan keng jamoatchilik vakillari va Hurmatli ota-onalar Davlatimiz tomonidan ta`lim tizimiga qaratilayotgan e`tibor yuqori bo`lgan bir vaqtda noto`g`ri, salbiy, Siz va bizni chalg`itish maqsadida yozilgan bo`hton so`zlarga ishonishimizning o`zi biz uchun uyatli holat...
Hurmatli Saodat Abduzakirova yuqoridagilarni inobatga olgan holda mazkur masalada Sizning asossiz yolgon ma`lumotlar bilan maktab ota-onalarini hamda aholini chalg`itib turli bo`htonlar bilan norozilik namoyishlarini tashkil etishdagi harakatlaringiz bo`yicha davlat huquq tartibot va sud idoralariga murojaat etishimiz mumkinligi yuzasidan ogohlantiramiz."






