AsosiyJamiyat

Ta`limga homiylik qilgan xalqaro tashkilot xodimiga “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni topshirildi

'Ta`limga homiylik qilgan xalqaro tashkilot xodimiga “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni topshirildi'ning rasmi

Ta`lim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) xalqaro tashkilotining O`zbekistondagi koordinatori Xoa Tran Ringrouz ta`lim muassasalariga ko`rsatgan beg`araz yordami uchun Xalq ta`limi vazirligining “Ta`lim homiysi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

Joriy yilning 9 oktyabr kuni Ta`lim sohasida global hamkorlik (Global Partnership in Education) tashkilotining Sharqiy Evropa, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo okrugiga kiruvchi mamlakatlarning birinchi mintaqaviy uchrashuvi doirasida Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov Xoa Tran Ringrouzga O`zbekistonda ta`lim sohasi rivojiga qo`shgan hissasi uchun “Ta`lim homiysi” ko`krak nishonini topshirdi.

Ta`kidlash lozimki, Global Partnership in Education 2013-2018 yillarda ta`lim sektori rejasini amalga oshirish uchun 49,9 mln. AQSh dollari miqdorida grant ajratgan bo`lib, ushbu hamkorlik doirasida 2019-2023 yillarda ham yurtimizda ta`lim sohasini rivojlantirish uchun $10 mln. AQSh dollari miqdorida mablag` ajratishni rejalashtirgan.

Eslatib o`tamiz, Ta`lim sohasida global hamkorlik tashkiloti (GPE) 2002 yilda tashkil etilgan va uning asosiy maqsadi global hamda milliy darajada sifatli ta`limga yoshlarni teng qamrab olishni ta`minlashdan iboratdir.

    Boshqa yangiliklar