AsosiyJamiyat

Faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar belgilandi

'Faqat birja savdolari orqali sotiladigan mahsulotlar belgilandi'ning rasmi

Tovar-xomashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–4484-son, 08.10.2019 y.) qabul qilindi, deya xabar berilmoqda.

Shunga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali sotiladi:

👉 texnik moy, omuxta em, xo`jalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi; 

👉 mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar (respublikaning olis va etib borish qiyin bo`lgan hududlarida joylashgan iste`molchilarga to`g`ridan-to`g`ri shartnoma asosida o`z savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno);

👉 isitish yoqilg`isi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi (maxsus iste`molchilarga o`rnatilgan tartibda to`g`ridan-to`g`ri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno).

Shuningdek, davlat ulushi 50 % dan ortiq bo`lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o`rnatiladigan kvotalar bo`yicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

Bundan tashqari Qaror bilan birja faoliyatini amalga oshirishdagi quyidagi talab va shartlar bekor qilindi:

👉 birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik o`rinlari mavjudligi;

👉 birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xomashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi

    Boshqa yangiliklar