Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum) 2019 yilgi Global raqobatbardoshlik reytingini e`lon qildi.
Bu yilgi reytingga dunyoning 141 mamlakati kiritilgan bo`lib, natijalar davlatlardagi iqtisodiy institutlar, infrastruktura, axborot texnologiyasini qo`llash darajasi, makroiqtisodiy barqarorlik, aholining salomatlik darajasi, mahsulotlar bozori, mehnat bozori, moliyaviy tizim, bozorning hajmi, biznes dinamikasi va innovasion potensial asosida amalga oshirilgan.
Shuningdek, hisobotni tayyorlashda 13000 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari fikrlari ham o`rganilgan.
Shunga ko`ra, ishlab chiqarish va iqtisodiy o`sish faktorlari yuqori bo`lgan jahondagi eng raqobatbardosh iqtisodiyot sifatida Singapur 84,8 ball bilan birinchi bo`ldi. O`tgan yilgi favorit AQSh bu yil ikiinchi o`ringa tushdi. Keyin esa Gonkong (3-o`rin), Niderlandiya (4-o`rin) va Shveysariya (5-o`rin) kuchli beshlikda.
Yon qo`shnimiz Qozog`iston bu yil reytingda 4 ta o`rin ko`tarilib, 62,9 ball bilan (+1,1 o`sish) dunyo davlatlari orasida 55-bo`ldi. Qirg`iziston 96-o`rinni, Tojikiston 104-o`rinni egalladi. Reytingga O`zbekiston esa kiritilmagan.






