Joriy yilning 13 oktyabr kuni Buxoro viloyatida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti hamkorligida ochiq matematika olimpiadasi o`tkaziladi. Bu xaqda Xalq ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu olimpiadada mamlakatimiz umumta`lim maktablarining 7-11-sinf, akademik liseylarning 1-2-bosqich va kasb-hunar kollejlarining 3-bosqich o`quvchilari ishtirok etishi mumkin.
Olimpiadada 5 ta masala beriladi va har bir masala 7 ballik tizimda baholanadi. Ishtirokchilarga masalalarni echish uchun 4 soat beriladi.
Olimpiada uchun topshiriqlar (yozma ishlar) Xalq ta`limi vazirligining Fan olimpiadalari bo`yicha iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash departamenti, Buxoro davlat universiteti va Italiyaning Piza universiteti mutaxassislari hamkorligida tuziladi.
Ishtirokchilar orasidan “o`ziga xos echim”, “eng yaxshi g`oya” va boshqa nominasiyalar bo`yicha g`oliblar aniqlash rejalashtirilgan.
Olimpiadada ishtirok etishni xohlovchi o`quvchilar quyidagi telefon raqami orqali ro`yxatdan o`tishlari so`raladi: +998974559676.
Mazkur olimpiada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 3 maydagi Prezident qarori (PQ-4306-son) ijrosi doirasida tashkil etilmoqda.
Ro`yxatga olish 2019 yil, 12 oktyabr, soat 19:00 ga qadar davom etadi.






