AsosiyJamiyat

Andijon viloyat hokimligi aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammoga echim topdi

'Andijon viloyat hokimligi aholiga noqulaylik tug`dirayotgan muammoga echim topdi'ning rasmi

Andijonda yo`l belgisi bilan bog`liq muammo hal etildi, deya xabar beradi hokimlik matbuot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda o`rinli muhokamalarga sabab bo`lgan 3.27 “To`xtash taqiqlangan” yo`l belgisi Andijon viloyati Andijon shahar Mustaqillik ko`chasi A.T. “Xalq banki” va viloyat Soliq boshqarmasi binolari hududida joylashgan bo`lib, bank va soliq xizmatlaridan foydalanuvchi aholiga bir qator muammolar tug`dirayotgani bayon etilgan edi. 

Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bildirilgan fikrlarni inobatga olib, Andijon viloyat hokimligi Matbuot xizmati, Andijon viloyat maxsus ekspluatasiya-montaj bo`linmasi va Andijon shahar IIB YHXBning mas`ul xodimlari bilan birgalikda masala hududda o`rganib chiqildi va ushbu belgi kelishilgan holda olib tashlandi.

 

    Boshqa yangiliklar