AsosiyJamiyat

Qor tufayli Chimyon tog`lari atrofidagi yo`llarda tirbandlik yuzaga keldi

2015 yilning ilk kunlarida – 2 yanvar kuni yog`ishni boshlagan qor tufayli Chimyon tog`lari atrofidagi yo`llarda tirbandlik yuzaga keldi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi turli guruhlar a`zolari ma`lum qildi.

Jumladan, Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhida tirbandlikka kirish qismi (avtomobillar zanjirining oxiri) aks etgan fotosurat foydalanuvchilardan biri tomonidan qo`yilgan.

Facebook / “Voditeli Tashkenta”

Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhida esa ushbu tirbandlik aks etgan fotosuratlar qizg`in muhokama qilgan. Guruh a`zolari bunday sharoitda ham qoidalarni buzayotgan, tor yo`lning qarama-qarshi yo`nalishida harakatlangan haydovchilarni tanqid ostiga olgan. Shuningdek, ko`plab avtomobillar qishki shinalar bilan ta`minlanmagani ham qayd etilgan.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Mashinalar asosan yo`l chetidagi to`siqlarga urilib ketib, kichik avariyalar sodir etayotgani qayd etilgan. Shu bilan birga, qorli ob-havo tufayli odamlarning kayfiyati yaxshi ekanligi va yo`lda haydovchilar turli muammolarni echishda bir-biriga ko`maklashayotgani e`tirof etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar