AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim tizimida jiddiy o`zgarishlar bo`ladi

'Oliy ta`lim tizimida jiddiy o`zgarishlar bo`ladi'ning rasmi

Prezident Farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi(http://uza.uz/oz/documents/zbekiston-respublikasi-oliy-talim-tizimini-2030-yilgacha-riv-09-10-2019), deya xabar bermoqda huquqshunos blogger Xushnudbek. 

Sharh qilinishicha, Konsepsiyaga binoan, 2030 yilga borib quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

👉 oliy ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat OTMlar faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta`lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish (bunda qamrov bitiruvchilar soniga nisbatan olinadi, ya`ni 700 ming o`quvchi maktab, lisey yoki kollejni bitirsa, demak o`sha yili 350 ming talaba qabul qilinadi);

👉 O`zMU va SamDUni mamlakatimiz OTMlarning flagmaniga aylantirish hamda ularni xalqaro reytingda TOP-500 ga kiritish;

👉 10 ta OTMni xalqaro reytingda TOP-1000 ga kiritish;

👉 OTMlarda o`quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o`tkazish (ajoyib yangilik, faqat talabalar bunga tayyormikin?!);

👉 OTMlarning akademik mustaqilligini ta`minlash;

👉 O`zbekiston oliy ta`lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi «xab»ga aylantirish;

👉 oliy ta`limning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta`lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

👉 OTMlarni bosqichma-bosqich o`zini o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tkazish va moliyaviy barqarorligini ta`minlash;

👉 Respublika oliy ta`lim kengashini tashkil etish to`g`risidagi taklifiga rozilik berildi (bu haqida avvalroq yozgandim (https://t.me/xushnudbek/3249) va Kengash tarkibini ham ilova qilgandim). Kengash tomonidan tayyorlangan taklif va tavsiyalar vazirlik va idoralar hamda OTMlar tomonidan majburiy tartibda ko`rib chiqiladi;

👉 O`zbekiston oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo`yicha «Yo`l xaritasi» tasdiqlandi.

Shuningdek, “Amaliyotda qanday bo`larkin, buni vaqt ko`rsatadi. Barcha punktlar haqida navbati bilan o`z fikrlarimni berib borishga harakat qilaman”, — deya fikrlarini yakunlagan Xushnudbek.

    Boshqa yangiliklar