AsosiyJamiyat

Yuk avtomobillari uchun avtoturargohlar barpo etiladi

'Yuk avtomobillari uchun avtoturargohlar barpo etiladi'ning rasmi

Yuk avtomobillari uchun maxsus pullik avtoturargohlar tashkil etish masalasi bo`yicha Toshkent shahar hokimligiga takliflar kiritildi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi

Bunga sabab, so`nggi yillarda mamlakatimizdagi yuk avtomobillari soni keskin ravishda oshib bormoqda. Bu esa o`z navbatida zamon talablariga mos yo`l bo`yi infratuzilmalarini yaratish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Ayni damdagi vaziyat esa yuk tashuvlari bilan shug`ullanuvchi korxonalar va haydovchilarning haqli e`tirozlariga sabab bo`lmoqda. Xalqaro ahamiyatga ega yo`l bo`yi hudularida yuk avtomobillari uchun avtoturargohlarning mavjud emasligi shular jumlasidandir, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida vujudga kelgan noqonuniy to`xtash joylarining barchasi o`rganib chiqilib, ushbu joylarda aksariyat hollarda turli shaxslar tomonidan hech qanday ruxsatsiz xizmat ko`rsatilib, haq olinayotganligi, antisanitariya holatlari mavjudligi, haydovchilar va transport vositalar uchun ilk zaruriy sharoitlar yo`qligi aniqlangan (transport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish joyi, haydovchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish joyi, haydovchilar uchun dam olish joylari, transport vositalarini yuvish joylari va hokazo).

Ushbu joylar asosida o`rnatilgan tartibda jihozlangan (avtomobillarni texnik ko`rikdan va haydovchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazish joylari, haydovchilar uchun zarur sharoitlar mavjud), qo`riqlanadigan, aholiga yuk tashish xizmati bilan shug`ullanadigan transport vositalari uchun maxsus pullik avtoturargohlar tashkil etish masalasi tegishli idora va tashkilotlar tomonidan o`rganib chiqilmoqda. 

Shu o`rinda transport vazirligi avtomobil turargohlari, kempinglar va boshqa yo`l bo`yi infratuzilma ob`ektlarni barpo etmoqchi bo`lgan tadbirkorlarga vakolati doirasida yordam ko`rsatishga tayyor ekanligini ma`lum qiladi. Davlat xususiy-sherikligi asosida bu kabi loyihalarni amalga oshirish orqali o`z istiqbolli biznesingizni yo`lga qo`yishga chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar