Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichan-qal`a” davlat muzey qo`riqxonasi hududida unutib qoldirilgan mobil telefon apparati topildi, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi. Mazkur telefon apparatini o`z egasiga qaytarish maqsadida boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu aloqa vositasi Rossiya Federasiyasidan kelgan sayyoh Valentina Makeevaga tegishli ekanligi aniqlandi hamda ushbu telefon apparati egasiga qaytarib berildi.
Valentina Makeeva voqea yuzasidan o`z minnatdorchiligini bildirdi: “Men uchun qadrli bo`lgan O`zbekiston bo`ylab sayyohatim davomida aks etgan fotosuratlarim jamlangan smartfonimni topib berganlarliklari uchun O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xususan, Xorazm viloyati Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimlariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Boshqarma xodimlari sayyohatimiz davomida uchratgan eng oqko`ngil, kasbiga sadoqatli kishilar ekanligiga amin bo`ldim. O`zbekistonning o`zi esa men sayohat qilgan eng ajoyib mamlakatdir. Yurt rivoji yo`lida amalga oshirayotgan ishlaringizda omad yor bo`lishini tilab qolaman”.