“Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda bugungi kunda islohotlar markazida bo`lib, O`zbekistonda mas`uliyatli vazifalarni bajarayotgan yosh boshqaruv kadrlar Top-35talik ro`yxatini tuzdi. Unda 40 yoshgacha bo`lgan, boshqaruv lavozimida faoliyat yuritayotgan kadrlar o`rin olgan. Ro`yxatni shakllantirishda ularning tashabbuskorligi, yangi g`oya va takliflarni ilgari surishi, o`zgarishlarga ochiqligi inobatga olingan.
Haqiqatdan ham davrda yosh, progressiv fikrlaydigan va salohiyatli kadrlarga katta e`tibor qaratilib, ular strategik muhim sohalarga jalb etilmoqda.
So`nggi 3 yil mobaynida vazirlik va idoralardagi muhim lavozimlarga yosh istiqbolli boshqaruv kadrlar tayinlandi. Ularning aksariyati xorijda tahsil olgan, amaliy tajribaga ega va o`zini ijobiy tomondan ko`rsata olganlardir.