AsosiyJamiyat

Taniqli qiziqchilardan biriga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Taniqli qiziqchilardan biriga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Taniqli qiziqchi Sh. Xojievga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgani aytilmoqda. Yo`q, u bugungi kunda keng tarqalgan firibgarlik yoki o`g`rilikdan gumonlanayotgani yo`q. San`atkorga nisbatan qo`zg`atilgan «ish» anchayin xususiy xarakterga ega: Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi  (voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta`minlashdan bo`yin tovlash), deya xabar beradi “Xabar.uz” nashri.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi ma`lum qilishicha,  bundan to`rt yil (2015 y.) muqaddam  sud tartibida Sh. Xojievdan  voyaga etmagan ikki nafar farzandi uchun har oylik ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan. Biroq 2015 yil 6 oktyabridan 2019 yil 1 may kunigacha bo`lgan davr uchun aliment  to`lovlarini amalga oshirmagani natijasida  qarzdorlik  miqdori 22.374.675 so`m  etgan.  Buning oqibatida Sh.Xojiev  ma`muriy ishlar bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudining qarori (2019 yil, may) bilan MJtK 47-4-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib,  15 sutka ma`muriy qamoq jazosiga tortiladi.

Shundan keyin ham u  aliment to`lovlarini amalga oshirmaydi, qarzdorligi esa umumiy hisobda 25 million so`mdan oshib ketadi. Bu safar endi MIB xodimlari yanayam jiddiy chora ko`rishga majbur bo`lgan ko`rinadi: unga nisbatan, yuqorida aytilganidek,  O`zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

 Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar