AsosiyJamiyat

"Mansabdorning huquqbuzarligi isbotini topdi, ammo"

'"Mansabdorning  huquqbuzarligi isbotini topdi, ammo"'ning rasmi

“Darakchi”ga Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi F.Sidiqovadan kelib tushgani va murojaat tegishli tashkilotlar mutaxassislari tomonidan o`rganilayotgani haqida xabar bergan edik. http://darakchi.uz/uz/75799

Mutaxassislar mazkur murojaatga befarq qarashmadi...

F. RAHMONOV, Andijon viloyat prokurorining o`rinbosari:

— Viloyat prokuraturasining Iqtisodiy sohada qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`limi tomonidan murojaatda keltirilgan holatlar ko`rib chiqildi. Aniqlanishicha, Shahrixon tumani,“Qayrog`ochguzar” MFY, “Shohko`cha”ko`chasida joylashgan 4-sonli ko`p qavatli turar-joy binosini kapital ta`mirlash ishlari uchun buyurtmachi “Obod imorat” xususiy uy- joy mulkdorlar shirkati rahbari J.Ataxanov hamda pudratchi korxona“Risola  hamkor invest” MChJ rahbari M.Mahmudov o`rtasida 2017 yil 10 iyunda qiymati 149.800.000 so`mlik pudrat shartnomasiimzolangan. Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi mutaxassisi tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi qonuniyligi o`rganilganda,“Mikrokreditbank” ATB Shahrixon filiali tomonidan “Obod imorat” XUJMShga kredit mablag`i ajratilishida qonunbuzilish holati aniqlanmagan. Shuningdek, qurilish bo`yicha mutaxassis tomonidan o`tkazilgan nazorat o`lchovi vaqtida mazkur ko`p qavatli turar-joy binosini ta`mirlash davrida quruvchi tomonidan 8.319.245 so`mlik ishlar smetaga nisbatan kam bajarilgani aniqlandi.

Shahrixon tumani “Yangihayot” MFY tomonidan berilgan 2019 yil 3 iyuldagi ma`lumotnomada “Risolahamkor invest” MChJ rahbari M.Mahmudov 2019 yil yanvarda Qozog`iston Respublikasiga chiqib ketgani ko`rsatilgan.Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 281,282-moddalarida ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidabayonnoma tuzishda va ko`ribchiqish uchun tegishli organga yuborishda huquqbuzarning tushuntirishi bo`lishi shartligi belgilangan. Ushbu kodeksning 36-moddasida “Ma`muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarlik uchun esa huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab, 1 yildan kechiktirmay qo`llanilishi mumkin”, deb ko`rsatilgan.

Shunga ko`ra, Shahrixon tumani “Yangi hayot” MFY raisiga “Risola hamkor invest” MChJ rahbari M.Mahmudov yashash manziliga qaytishi bilan darhol viloyat prokuraturasiga xabar berishi haqida talabnoma yuborildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar