Mamlakatimizda keksa avlod vakillariga g`amxo`rlik ko`rsatish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish, ko`rsatiladigan ijtimoiy va maishiy xizmatlar doirasini kengaytirish bo`yicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg`iz keksa avlod vakillari hamda ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar mobaynida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada bo`lgan faxriylarning holidan xabar olish an`anaga aylanib bormoqda.
Zero, ushbu oilalar va fuqarolarning holidan xabar olish, ular bilan hamsuhbat bo`lish, qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko`mak berish savobli ishdir.
Jumladan,Qoraqalpog`iston RespublikasiMo`ynoq tumani B.Utenov ko`chasida yolg`iz yashovchi, 1948 yilda tug`ilgan Jumagul Sebospieva bilan o`tkazilgan muloqot jarayonida mahalla faollari tez-tez kelib xabar olib turishlarini,uning ko`zi xiralashib qolganligini bildirdi. Tuman IIB bilan birgalikda tegishli idoralar orqali unga yordam ko`rsatish choralari ko`rildi.
– Uyimda 1966 yilda tug`ilgan tug`ma nogiron qizim Qurbangul Sarieva bilan o`tirganimda bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari kelishdi, –deydiShumanay tumani “Beljar” mahallasida yashovchi, 1928 yilda tug`ilgan Xaygul Sarieva.
–2 nafar bolani tarbiyalab voyaga etkazdim. 1971 yilda tug`ilgan o`g`lim Ilyas Sariev ham nogiron,sharoitim qiyinroq, mahalla ahli, tuman IIB xodimlari kelib xabar olib turishadi. Bugun poytaxtimizdanbir guruh ichki ishlar organlari xodimlari kelib holimizdanxabar olganliklari meni xursand qildi. Sizlarga rahmat, hamisha duo qilaman. Xalq orasiga kirib ularning dardu-hasratlariga quloq solayotgan siz kabi xodimlar sog`-omon bo`lishsin.
Onaxonning uyni ta`mirlashda amaliy yordam so`raganligi bois tuman xokimligi tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.
– 4 yil oldin turmush o`rtog`imdan ayrilib qoldim, - deydi Shumanay tumani Ko`ksuv mahalasida yashovchi, 1959 yilda tug`ilgan Ulbosin Seytimova. –4 qizni tarbiyalab turmushga berdim,hammasi o`z oilalari bilan yashashmoqda. Yolg`iz o`g`lim 1983 yilda tug`ilgan Jetker Abdireymov ham yo`l-transport hodisasi tufayli bu olamni tark etdi.Yolg`izlik ancha belimni bukib qo`ygandi. Tuman xokimligi, mahalla faollari, profilaktika inspektorlari bilan birgalikda doimiy ravishda holimdan xabar olib turishadi. Ularorqali yordam ko`rsatilib, muammolarim echim topyapti. Yaqinda uyimni ta`mirlab berishdi.
Bugun poytaxtimizdan kelgan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o`qituvchilari kelib, xolimni so`raganliklari ko`nglimni tog`dek ko`tarib yubordi. Bu yurtda hech bir inson e`tibordan chetda qolmasligiga yana bir bor amin bo`ldim. Ularga va Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Xo`jayli tumani“Boyterak” mahallasida yashovchi er-xotinlar,1-guruh nogironlari 1979 yilda tug`ilgan Marsel Tarebaev va 1986 yilda tug`ilgan Dilorom Xojamuratovalarko`zi ko`ra olmaganliklari bois ro`zg`or ishlarida qiynalayotganliklarini aytib, tez-tezkelib xabar olib turishlarini so`radi. Ulardan doimiy xabar olib turish uchun mahalla faollari, tuman IIB boshlig`ining yoshlar bo`yicha o`rinbosari, xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektori, profilaktika inspektori bilan birgalikda tegishli idoralar orqali yordam ko`rsatish, muammolarini echish choralari ko`rildi.
Eng muhimi, Institut professor-o`qituvchilari ushbu oliyjanob ishlarga ichki ishlar organlari tizimida faoliyat ko`rsatayotgan har bir xodimning hissa qo`shishi kelajakda sohani xalqparvar tizimga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etishi joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlarida ham tushuntirib bermoqdalar.
Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, mahallalarda targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.
Zero, Davlatimiz Rahbari ta`kidlanganlaridek, qaerdaki saxovat va mehru-muruvvat ko`p bo`lsa, anashu joyda fayzu-baraka quloch yozadi.
O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati






