O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasining Bo`zatov tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.
Qoraqalpog`istonRespublikasiVazirlarKengashi, O`zbekistonRespublikasiInvestisiyalarvatashqisavdovazirligi, Moliyavazirligihamdaboshqadavlatvaxo`jalikboshqaruviorganlari, xo`jalikbirlashmalarivatijoratbanklaritomonidanishlabchiqilgan 2019-2021 yillardaQoraqalpog`istonRespublikasiningBo`zatovtumaninikompleksrivojlantirishchora-tadbirlaridasturima`qullanishimumkin.
Dasturning asosiy yo`nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
Bo`zatov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta`minlanish darajasi va farovonligini oshirish;
qishloq xo`jaligi sohasida ilg`or texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini oshirish;
hududning tabiiy va iqlim sharoitiga hos bo`lgan chorvachilik, sholichilik, baliqchilik hamda qizilmiya ildizini etishtirish va chuqur qayta ishlashni rivojlantirish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta`minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko`rsatish darajasini yaxshilash.






