AsosiyJamiyat

O`ZBEK TILI XAVF OSTIDAMI?

'O`ZBEK TILI XAVF OSTIDAMI?'ning rasmi

Internet ma`lumotlariga nazar soladigan bo`lsak, sayyoramiz aholisi 7111 tilda so`zlasharkan. Ana shu tillarning atigi 1 foizida (70 ta tilda) Er shari aholisning 90 foizi gaplashadi. Sayyoramizdagi tillarning 99 foizi   juda kam miqdorda aholi gaplashadigan, yo`qolib ketish arafasida turgan tillardir. Har ikki haftada Er yuzida bitta til umuman yo`qolib ketmoqda. 

O`zbek tilida Er yuzida 35 milliondan ortiq aholi gaplashadi. Bu Er yuzida har 200 nafar odamdan biri o`zbek tilida so`zlaydi, deganidir. Boshqacha aytganda, o`zbek tili so`zlashuvchilar soniga ko`ra sayyoramizda eng keng tarqalgan 40 ta tildan biridir. (Bu tillarning har birida kamida 30 million aholi gaplashadi) 

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, qo`shni Tojikiston aholisining 13 %i, Qirg`izistonning 15 %i, Qozog`istonning 4 %i, Turkmanistonning 6 %i o`zbek tilida gaplashadi. Bundan tashqari Turkiya, Xitoy, Eron, Rossiya, AQSh, Shvesiya, Latviya, Ukranina, Mo`g`uliston singari malakatlarda ham o`n minglab millatdoshlarimiz yashaydi. 

Har yili oktyabr oyi kirib kelishi bilan ommaviy axborot vositalarida  o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog`liq sana esga tushadi. Quloch-quloch maqolalar yoziladi, radio va telekanallarimizda soatlab eshitrirish va ko`rsatuvlar namoyish qilinadi. Joylarda turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, bahsu munosazalar avj oladi. Aslida-chi?

Bugun o`zbek tiliga qanday xavf-xatar tahdid qolmoqda? Bizning tilimiz ham kelajakda yo`qolib borayotgan tillar safiga tushib qolmasligi uchun nima qilish kerak? Bu haqda “Darakchi” gazetasining navbatdagi sonida chop etilayotgan tahliliy maqolamizda batafsil mulohaza yuritamiz. 

    Boshqa yangiliklar