Joriy yil 11 oktyabr kuni soat 04.00lar atrofida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Gumbuloq MFY hududidan o`tuvchi “Olmaota – Toshkent – Termiz” yo`nalishidagi xalqaro avtomobil yo`lining 1262-kilometrida “Lasetti” va “Kamaz” rusumli avtomashinalar to`qnashuvi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.
Avtohalokat oqibatida jami 5 nafar fuqarodan 4 nafari voqea joyida vafot etgan. Bir nafari, Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani Hurlik mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug`ilgan X.B. Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo`limiga yotqizilgan. Bemorga “O`ng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinishi” tashxisi qo`yilgan. Ayni paytda shifokorlar unga davo muolajalarini ko`rsatmoqda.
Ushbu vaziyat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan qat`iy nazoratga olingan, deya xabar beradi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.






