AsosiyJamiyat

Sirdaryo viloyatida“Baxt” masjidi binosiga birinchi g`isht qo`yildi

'Sirdaryo viloyatida“Baxt” masjidi binosiga birinchi g`isht qo`yildi'ning rasmi

11 oktyabr kuniO`zbekistonda qayta qurilayotgan navbatdagi masjidga ezgu niyatlar bilan birinchi g`isht qo`yildi, deya xabar beradi O`zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo`limi.

Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi “Baxt” jome masjidi avvalgi joylashgan o`rnidan biroz markazda, ya`ni Toshkent-Samarqand yo`nalishidagi M-34 magistral yo`li bo`yida qurilmoqda. Bu esa nafaqat hudud aholisi balki, yo`lovchilar, yurtimiz mehmonlarining ibodatlarini ado etib olishlari  uchun qulaylik tug`diradi.

Masjid uchun 50 sotix er maydoni ajratilgan. Loyihaga ko`ra, asosiy xonaqoh 8 burchak shaklida bo`lib, 1500 kishini sig`diradi. Masjid joylashgan o`rnini e`tiborga olib, ayollar uchun alohida namozxona va tahoratxonalar bo`lishi ko`zda tutilgan.

Hozirga kelib masjid poydevoriga asos solingan. Binoning birinchi g`ishtni qo`yib berish uchun O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Abduhakim Matqulov, Sirdaryo viloyati bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov hamda imom-xatiblar, mahalla ahli jam bo`ldi.

Yig`ilganlar qurilishga bosh bo`lib turgan imom-xatib, masjid jamoasi, mehnat qilayotgan quruvchilar, ularga har taraflama ko`mak berib, bu savobli ishga hissasi qo`shilayotgan barcha muxlis kishilar haqlariga duolar qildilar. 

    Boshqa yangiliklar