Ushbu savolga Adliya vazirligi bo`lim boshlig`i Ma`sum Hotamov javob berdi.
Xususiy notariuslar faoliyati Adliya vazirligi tomonidan qat`iy nazorat qilinadi:
- notarial harakat bilan bog`liq, barcha ishlar elektron tizimda bajariladi va ularning tarixi saqlanadi. Jarayonlar onlayn nazorat qilinadi, noqonuniy harakatlar to`xtatiladi;
- notarial harakatni rasmiylashtirish uchun kerakli ma`lumotlar va shaxsning barmoq izi tizim orqali elektron tekshirilishi sababli ularning soxtalashtirilishiga yul qo`yilmaydi;
- to`lovlar elektron hisoblanadi va to`lanadi, fuqaro sms xabar orqali to`lov summasini tasdiqlaydi;
- notarius noqonuniy harakati natijasida etkazilgan zararni to`lik, qoplaydi. Notariusning javobgarligi majburiy sug`urtalanadi.
Alohida!
- Agar biror hujjat tekshiruvida ortiqcha mablag` talab qilinsa, Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga xabar berishingiz mumkin.






