1

Kuzning eng qimmat konsert dasturlari aniqlandi

Shou-biznes 12.10.2019, 11:27
Kuzning eng qimmat konsert dasturlari aniqlandi

 «Xalqlar do`stligi» san`at saroyida konsertlar mavsumi boshlandi. Jurnalist Feruz Muhammad san`at saroyida bo`lib, chiptalarning kassadagi narxlari asosida eng qimmat konsertlar reytingini tuzdi.

9-o`rin. Xonanda Anvar Sanaev hamda O`zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidov konserti

20 sentyabrda xonanda Anvar Sanaevning konsert dasturi bo`lib o`tdi. O`zbekiston xalq artisti Hojiakbar Hamidovning  konsert dasturi esa 3 oktyabr kuni bo`lib o`tgan edi. Ikkala dasturning ham eng arzon chiptasi 20 ming so`m, eng qimmati esa 100 ming so`m qilib belgilangan.

8-o`rin. O`zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozov konserti

O`zbekiston xalq artisti Mahmud Nomozovning 10—11 oktyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsertiga kirish narxi 20 ming so`mdan boshlanib, 120 ming so`mgacha etadi.

7-o`rin. Qiziqchi  Avaz Oxun konserti

Qiziqchi Avaz Oxunning 13—17 noyabrda bo`ladigan  tomoshasiga eng arzon kirish chiptasi esa 20 ming so`m, eng qimmati esa 150 ming so`m qilib belgilangan.

6-o`rin. «Maximum» kulgi jamoasining  konsert dasturi

«Maximum» kulgi jamoasining konsert  dasturi 27—30 sentyabr kunlari bo`lib o`tdi. Konsertga kirish narxi 25 ming so`mdan boshlanib, 150 ming so`mgacha belgilangan edi.

5-o`rin. Xonanda Bahrom Nazarov konserti

Xonanda Bahrom Nazarovning konserti 1—4 noyabr kunlari bo`lib o`tadi. Chiptalar 30 ming so`mdan 150 ming so`mgacha.

4-o`rin. «Bravo» kulgi jamoasining konsert dasturi

«Bravo» kulgi jamoasining 13—20 oktyabr kunlari bo`ladigan konsertining eng arzon chiptasi 25 ming so`m, eng qimmati  esa 200 ming so`mdan.

3-o`rin. Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev konserti

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaevning 6—12 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan dasturining chiptalari  narxi quyidagicha — eng arzon chipta 15 ming so`m, eng qimmat chipta esa 350 ming so`m.

2-o`rin. «Benom» guruhi konsert dasturi

«Benom» guruhining 22—24 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan dasturining eng arzon chiptasi 30 ming so`mdan, eng qimmati esa 300 ming so`mdan sotilmoqda.

1-o`rin. Al Bano

Al Bano faqat bir kun — 22 oktyabrda konsert beradi. Konsertga eng arzon chipta — 100 ming so`m, eng qimmati esa 2 million so`m.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1