AsosiyShou-biznes

17-18 yanvar kunlari Toshkentda “Hand Made in Uzbekistan-2015” an`anaviy san`at festivali bo`lib o`tadi

2015 yilning 17-18 yanvar kunlari Toshkentda “Hand Made in Uzbekistan-2015” an`anaviy san`at festivali bo`lib o`tadi. Bu haqda afisha.uz xabar beradi. 

Bu erda O`zbekistonning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 150 dan ortiq hunarmandlar tashrif buyurishadi va o`zlarining ijodiy ishlarini namoyish qilishadi.

Festival “Zarqaynar”milliy san`at galeresida bo`lib o`tadi. Unda mamlakatimizdagi istiqomat qiluvchi hunarmand sulolalarlar vakillari shu bilan birga iste`dodlili ustalari ishtirok etishadi.

Ko`rgazmada so`zana, turli ko`rinish va uslubdagi suvenirlar, chinnidan yaratilgan bebaho buyumlar, zamonaviy va milliy, an`anaviy uslubda yaratilgan zargarlik bumyulari, taqinchoqlar va bezaklar, maishiy kulolchilik mahsulotlari, shoyi ro`mollar, o`zbek milliy naqshlari tushirilgan milliy matolardan yaratilgan kiyimlar, sumkalar, milliy qo`g`irchoqlar,miniatura asarlari, teridan ishlangan buyumlar, gilam va gilamchalar, matolardan yaratilgan poyabzallarni ko`rish va albatta xarid qilish mumkin bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar