Xalq ta`limi vazirligi yoshlarga bo`lgan e`tiborni yanada kuchaytirish, belgilangan 5 ta muhim tashabbusni ijrosini ta`minlash, o`quvchi-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktablarda “Zakovat” klublarining faoliyatini kengaytirmoqda.
Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrida (har bir hududda bittadan) jami 14 ta umumta`lim maktabi “Zakovat” klublari faoliyatini takomillashtirish uchun tayanch maktabi sifatida belgilangan.
| T/r | Hudud nomi | “Zakovat” klubi bo`yicha tayanch maktabi |
| 1. | Qoraqalpog`iston Respublikasi | Nukus shahri, 17-umumta`lim maktabi |
| 2. | Andijon viloyati | Andijon shahri, 35-DIMI |
| 3. | Buxoro viloyati | Buxoro shahri, 35-umumta`lim maktabi |
| 4. | Jizzax viloyati | Jizzax shahri, Umid IBMI |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahri, Abdulla Oripov nomidagi DIMI |
| 6. | Navoiy viloyati | Qiziltepa tumani, 3-umumta`lim maktabi |
| 7. | Namangan viloyati | Namangan tumani, 16-umumta`lim maktabi |
| 8. | Samarqand viloyati | Toyloq tumani, 20-umumta`lim maktabi |
| 9. | Sirdaryo viloyati | Guliston shahri, XTIMI |
| 10. | Surxondaryo viloyati | Uzun tumani, 12-umumta`lim maktabi |
| 11. | Toshkent viloyati | Parkent tumani, 5-umumta`lim maktabi |
| 12. | Farg`ona viloyati | Marg`ilon shahri, 31-umumta`lim maktabi |
| 13. | Xorazm viloyati | Urganch shahri, 1-umumta`lim maktabi |
| 14. | Toshkent shahri | Yakkasaroy tumani, 118-umumta`lim maktabi |
Mazkur tayanch maktablarida haftaning payshanba kuni "Zakovat" intellektual o`yinlari o`tkazilmoqda.






