“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatining xabar berishicha "Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi"(IES)ning 140 MVt quvvatga ega elektr energiyasi ishlab chiqishga mo`ljallangan 8 energoblokida ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.
Shu sabab Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari qisqa muddatli elektr energiyasida uzilishlar bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, "Taxiatosh IES" Qoraqalpog`istonning Taxiatosh shaharchasida joylashgan bo`lib, mazkur IES Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJkeltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`ramoqda.






