AsosiyShou-biznes

Arnold Shvarsenegger o`g`lini merosdan mahrum qiladimi?

Patrik Mayli Sayrus bilan ajrashishi kerak, aks holda 25 yoshga to`lganida 50 million dollarlik merosdan quruq qoladi.

Sobiq turmush o`rtoqlar Arnold Shvarsenegger va Mariya Shrayverlar gap-so`zlarga qaraganda, o`g`illari Patrikning Mayli Sayrus bilan munosabatidan norozi. Biroq Patrikka ota-onasining bu xonanda haqidagi pand-nasihatlari kor qilmayapti. Aynan shuning uchun ham Arnold va Mariya uni mablag` jihatdan qisib qo`yish orqali hujumga o`tishmoqchi.

Aytishlaricha, Shvarsenegger va Shrayver o`g`illarini merosdan mahrum qilishmoqchi. Ular Patrikning nomiga hisob-raqami ochishgan bo`lib, u  25 yoshga to`lgandan keyingina ushbu mablag`dan foydalanishi mumkin. Lekin kichkina Shvarsenegger Sayrus bilan munosabatni davom ettirar ekan, ota va ona puldan foydalanishga ruxsat berishmaydi.

    Boshqa yangiliklar