AsosiyJamiyat

O`quvchilarni baholash metodikasi amerikaliklar hamkorligida ishlab chiqiladi

'O`quvchilarni baholash metodikasi amerikaliklar hamkorligida ishlab chiqiladi'ning rasmi

Amerikalik besh nafar mutaxassis ikkinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilarining o`qish va matematika bo`yicha ko`nikmalarini baholash metodikasini ishlab chiqish maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Xalq ta`limining rasmiy saytida ma`lum qilindi.

AQSh Taraqqiyot agentligi (YuSAID) qo`llab-quvvatlayotgan ushbu baholash natijalaridan o`quvchilarning boshlang`ich maktabda umumiy ko`nikmalarni qay darajada o`zlashtirayotganini o`rganish borasida mamlakat miqyosida tadqiqot o`tkazish uchun foydalaniladi. Bu tadqiqotlar O`zbekistonga o`quv natijalari haqida batafsil ma`lumot bazasi ishlab chiqishga yordamlashib, ular barcha o`quvchilarning muvaffaqiyatga erishishini ta`minlashda ta`lim va o`qitishni yaxshilash strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

O`zbekiston va AQSh ekspertlari jamoasi matematika va o`qish bo`yicha sakkiz tilda (o`zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg`iz, turkman va ingliz) 28 tadan ortiq savolnoma ishlab chiqadi.

Xalq ta`limi vazirligi va uning viloyat bo`limlaridagi qirq nafar xodimi sakkiz kunlik seminarda ishtirok etib, unda boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning ko`nikma va bilimlarini baholash asosi sifatida o`qish (EGRA) va matematikani (EGMA) baholash metodikasidan foydalaniladi. Bu metodikalar umumiy qiymati 50 million dollar bo`lgan rivojlanish maqsadlari bo`yicha besh yillik kelishuvning birinchi komponenti bo`lib, uni ta`lim sohasida bilimga asoslangan yondashuvga alohida e`tibor qaratayotgan Xalq ta`limi vazirligi va YuSAID 2019 yil 28 sentyabr kuni imzolagan.

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatovning ishtirokchilarga aytishicha, “Bu O`zbekistonda olib borilayotgan birinchi xalqaro tadqiqot bo`lib, u boshlang`ich maktablarda o`qish natijalarini aniq baholashga imkon beradi. Bu esa vazirlikka ta`lim tizimini yaxshilashda yangi metodologiya ishlab chiqishda yordamlashadi.” YuSAID va Xalq ta`limi vazirligi konkret maqsadli dasturlarni ishlab chiqish uchun iloji boricha ko`proq ma`lumot yig`ish maqsadida keng ko`lamli umummilliy tadqiqot o`tkazadi. Bunday baholash tizimini yo`lga qo`yish AQSh ta`lim sohasida O`zbekistonga ko`rsatayotgan texnik ko`makning bir qismi xolos.    

YuSAID o`qish, matematika va baholash sohasida tegishli bilimlarni taqdim etar ekan, seminar davomid “RTI International” tashkilotini Xalq ta`limi vazirligi bilan hamkorlik qilishga jalb etdi. 2019 yil noyabrida “RTI International” vazirlik bilan birgalikda EGRA va EGMA tizimlarini sinovdan o`tkazadi hamda uning natijasida 2020 yili mamlakat miqyosida tadqiqot olib boradi. 

 

    Boshqa yangiliklar