Rossiya FVVning Saratov viloyati bo`yicha bosh boshqarmasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, 12 oktyabrga o`tar kechasi Saratov viloyati Petrovsk tumanida yuz bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida O`zbekiston fuqarosi M.S. halokat joyida vafot etgan. 5 nafar hamyurtimiz jarohat bilan tuman kasalxonasiga joylashtirilgan.
O`zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi vaziyatni o`z nazoratiga olgan va marhumaning jasadini vatanga yuborish bilan bog`liq masalalar bilan shug`ullanmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya bildirib, Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug`ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qilmoqda: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.






