AsosiyJamiyat

O`zbekistonning bir necha hududlarida er osti suvlari zaxiralarining kamayishi kuzatilmoqda

'O`zbekistonning bir necha hududlarida er osti suvlari zaxiralarining kamayishi kuzatilmoqda'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining «Ayrim hududlarda er osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta`minlash bo`yicha amaliy chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarining Nurota, Qo`shrabot hamda Zomin tumanlari doirasida joylashgan konlar hududida er osti suvlari resurslarining jadal olinishi natijasida er osti suvlari sathining pasayishi va zaxiralarining kamayishi kuzatilmoqda, deb yozadi "Daryo" nashri.

Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 noyabrdan 2021 yil 31 dekabrgacha Nurota, Qo`shrabot va Zomin tumanlarida joylashgan konlar hududida suv olish uchun quduqlarni qazish uchun ruxsatnoma olish joriy etiladi.

Aholini ichimlik suvi bilan ta`minlash uchun mo`ljallangan quduqlardan tashqari, Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi tomonidan:

•  sug`orish maqsadlari uchun — Suv xo`jaligi vazirligi va Qishloq xo`jaligi vazirligi;

•  ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida — Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli tumanlar hokimliklari bilan kelishilgan holda beriladi.

Shuningdek, Nurota, Qo`shrabot va Zomin tumanlarida 2020 yildan boshlab suvni kam talab qiladigan ekinlarni ekish va etishtirishga, shuningdek, erlarni sug`orishda suvni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishga bosqichma-bosqich o`tiladi.

Geologiya va mineral resurslar davlat qo`mitasi Nurota, Qo`shrabot va Zomin tumanlari doirasidagi er osti suvlarining sathi va sifati bo`yicha davlat monitoringi o`tkazadi. Monitoring natijalariga ko`ra, kelgusida ushbu resurslarni olishni cheklashga doir 2019 yil oxiriga qadar Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

    Boshqa yangiliklar