O`zbekistonda 2011 yil 28 martga qadar berilgan, amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Rossiya hududida tan olinadi. Bu haqda O`zbekistonning Ekaterinburgdagi bosh konsulxonasi Rossiya IIV Sverdlovsk viloyati Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma`lum qildi.
Bu jarayon Yo`l harakati to`g`risidagi Vena konvensiyasining 41—43-moddalari va 6—7-ilovalariga asosan amalga oshiriladi.
O`zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi.






