AsosiyJamiyat

Togri.uz yaxshi ishlagani uchun yopildi…mi?

'Togri.uz yaxshi ishlagani uchun yopildi…mi?'ning rasmi

Faoliyatini boshlaganiga ko`p bo`lmagan bo`lsada, tez fursatlarda zo`z auditoriyasini yig`ib olishga ulgurgan Togri.uz nashri yopildi, bu haqda sayt muharriri Xurshid Yo`ldoshev o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma`lum qilgan.

U sayt yopilgani haqidagi xabarini quyidagicha yozib qoldirgan: “Togri.uz yaxshi ishladi va yaxshi ishlagani uchun ham yopildi.” 

“Qo`shni mahalla” Telegram kanalida berilgan ma`lumotlarga ko`ra, bugun sayt jamoasining yig`ilishi bo`lgan va unda sayt direktori loyihani moliyalashtirish to`xtatilganini ma`lum qilgan.  

Sayt nima sababdan yopilgani haqida hozircha aniqlik kiritilmagan. 

    Boshqa yangiliklar