Gollivud aktrisasi Kemeron Diasning sozanda Benji Meddenga turmushga chiqayotganligi to`g`risida Us Weekly xabar qilmoqda.
Nikoh marosimi Los-Anjelosda bo`lib o`tdi. Ular yarim yil oldin uchrasha boshlashgan bo`lib, 2014 yilning dekabr oyida turmush qurish borasida bir fikrga kelishgan edi.
4 yanvar kuni 42 yoshli Dias va 35 yoshli Medden Beverli-Xillzda to`yni repetisiya qilib ko`rishdi.
Benji Medden Good Charlotte guruhining gitarachisi va bek-vokalisti hisoblanadi. Kemeron Dias o`zining “Jon malkovich bo`lish” (1999), “Charli farishtalari” (2000), “Bir kuni Vegasda” (2008) kabi filmlari bilan mashhur.





