Seshanbadan boshlab, ish haftasining oxirigacha mamlakat hududi bir xil havo oqimi ta`sirida bo`ladi. Mintaqamizda shu davr uchun xos bo`lgan quruq va mo`‘tadil iliq kuz ob-havosi kuzatiladi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi. Bu shu davrning iqlimiy me`yorlariga yaqin ko`rsatkichlardir.