Ijtimoiy tarmoqlarda Trasport vazirligi inspektori tomonidan xizmat vazifasini bajarish vaqtida Farg`ona viloyatiga ketayotgan yo`lovchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko`rsatmay, aksincha yo`lovchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini talab qilib, qo`pol tarzda yo`lovchini so`roqqa tortgan va transport vositasidan chiqishni talab qilgan.Ushbu videotasvirlar keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Transport vazirligi tomonidan mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida maxsus ishchi guruhi tuzilib xizmat tekshiruvi o`tkazildi.
Vazirlik ma`lumoti ta`kidlanishicha, joriy yilning 7 oktyabr kuni Toshkent shahar, Bektemir tumani TXAY ko`chasida noqonuniy yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanib kelayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan qo`shma reyd tadbiri davomida YPX noziri tomonidan davlat raqami 40 N 958 RA bo`lgan “Lasetti” rusumli transport vositasi to`htatilgan. Toshkent shahar transport boshqarmasining avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta`minlashni nazorat qilish bo`limi 1-toifali inspektori A.Xoshimov transport vositasida Farg`ona viloyatiga ketayotgan yo`lovchilar bilan olib borgan suhbati davomida, yo`lovchi talabiga ko`ra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko`rsatmay, aksincha yo`lovchidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishini talab qilib, qo`pol tarzda yo`lovchini so`roqqa tortgan va transport vositasidan chiqishni talab qilgan. Ushbu harakati bilan inspektor A.Xoshimov o`z vakolatini suiste`mol qilgan.
Ishchi guruhi tomonidan inspektorlarga qo`shma reyd tadbirlari davomida har qanday vaziyatda ham yo`lovchilari bilan vazmin, hushmuomala bo`lishi, ularga hurmat bilan murojaat etishi, yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilishlari, har qanday korrupsion holatlarga yo`l qo`ymasliklari bo`yicha tegishli ko`rsatmalar berildi. Yuqorida ro`y bergan holat yuzasidan 1-toifali inspektor A.Xoshimovga nisbatan esa “xayfsan” e`lon qilindi.






