2019 yilning 15 oktyabridan boshlab O`zbeksitonda qolipli buxanka nonining narxi 1400 so`mdan, ya`ni 27 foiz oshgan holatda sotilayapti. Ba`zi joylarda esa 36 foiz oshgan holatda 1500 so`m bo`lganini ko`rish mumkin. Bundan avval esa nonning 40-45 foizga oshishi bashorat qilingan edi.
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Don, un va non etkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to`liq joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilingan bo`lib, unga ko`ra, 2019 yil hosilidan tayyorlangan va un ishlab chiqarishga mo`ljallanmagan bug`doy g`alla iste`molchilarining barcha toifalariga faqat birja orqali sotiladi.
Shuningdek, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non xarid qilish bo`yicha qo`shimcha xarajatlarni qoplash uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan ayrim toifalariga beriladigan har oylik pul kompensasiyasi oshirilib, 50 000 so`m miqdorida belgilandi.