Voqea Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida ro`y bergani aytilmoqda.
Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblanuvchilar Maxmudov Shaxruz Zafarovich va Ergashev Zafarjon Xamdullo o`g`liga nisbatan 1-1404-1901/107-sonli jinoyat ishi ochilgan.
Aniqlanishicha, Sh.Maxmudov va Z.Ergashev bir guruh bo`lib, spirtli ichimlik iste`mol qilib mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Kattaqo`rg`on tumani, “M.Ulug`bek” mahalla fuqarolar yig`ini hududida joylashgan namunali uylar oldida X.Shirinov(IIB tezkor xodimi)ni ularga chekish uchun sigaret va nos bermaganligini bahona qilib urib-do`pposlab, “engil sog`liqni buzilishiga sabab bo`lgan tan jarohati” etkazishgan.
Shu mahallada yashovchi aholining harakati sabab X.Shirinov bezorilaroning kaltaklaridan saqlab qolingan.
Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilayaptim






