Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati etkazilayotgani aks etgan videolavha tarqatildi.
Ma`lum qilamizki, mazkur holat 2018 yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan bo`lib, voqea tavsilotiga ko`ra, hududning profilaktika inspektori, jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo`lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati etkazilgan.
Huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan, o`rnatilgan tartibda qat`iy qonuniy choralar ko`rilgan, deya xabar beradi IIV Axborot xizmati.
Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikdan, ichki ishlar organlari xodimlarini obro`sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o`zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini ta`kidlab o`tadi.