AsosiyShou-biznes

O`zbekiston davlat san`at muzeyining 100 yilligi nishonlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 dekabrdagi “O`zbekiston davlat san`at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to`g`risida”gi qaroriga muvofiq,  O`zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O`zbekiston davlat san`at muzeyining 100 yilligini nishonlash bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

Qarorga  asosan muzey binosi mukammal ta`mirdan chiqarilishi, xorijiy sayyohlar uchun namunali servis xizmatlarini tashkil etish choralari ko`zda tutilgan, deb yozadi “UzReport” axborot agentligi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston davlat san`at muzeyi 1918 yilda tashkil qilingan va u Markaziy Osiyodagi tasviriy va amaliy san`at bo`yicha etakchi muzeylardan biri hisoblanadi. Muzey to`rt bo`limdan iborat bo`lib, ularda yurtimiz xalq badiiy-amaliy va tasviriy san`ati, sharq mamlakatlari hamda Rossiya va G`arbiy Evropa san`ati durdonalari bilan tanishish mumkin. Hozirda bu erda 70 mingdan ortiq qimmatbaho eksponatlar mavjud.

uz24.uz

    Boshqa yangiliklar