Yuqori maoshli ish qidirishda ko`maklashuvchi «Superjob servisi rossiyaliklar o`rtasida so`rovnoma o`tkazib, eng zerikarli kasblarni aniqladi. Bu haqda «Rg.ru» xabar berdi.
Rossiyaliklar eng zerikarli kasb deya posbonlikni tanlashdi. Respondentlarning 13 foizi shunday fikrda.
Buxgalterlik (hisobchilik) zerikarlilik borasida 9 foiz ovoz to`plab, ikkinchi o`rinni band etdi.
Istalgan kasb, agar u shu ishni qilayotgan kishi uchun sevimli va qiziqarli bo`lmasa — zerikarli. So`rovnomada qatnashganlarning 8 foizi shu to`xtamga kelgan.
Zerikarlilik bo`yicha keyingi o`rinlarda quyidagi kasblar joylashgan: sotuvchilik (5 foiz), qorovullik va farroshlik (4 foizdan), kutubxonachilik (3 foiz), vaxtyorlik (2 foiz).
Umuman olganda, so`rovnomada rossiyaliklar o`tirib ishlash talab qilinadigan istalgan kasbni zerikarli deb bilishlari ma`lum bo`ldi.
Zerikarli kasblar ro`yxatidan, shuningdek, arxivarius, haydovchi, yuk tashuvchi, deputat, menejer, dasturchi, koll-sentr operatori kabi kasblar o`rin olgan.






